O‘zbekiston | 10:33 / 21.10.2021
1281
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryodagi korxona o‘z ishchi-xodimlariga 6 oydan buyon maosh to‘lamay kelayogani aytildi

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida «Koson neft-gaz quduqlarni sinash» AJ xodimlari olti oydan buyon maoshini ololmay kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabar bo‘yicha Mehnat vazirligi munosabat bildirdi.

Munosabatda ma'lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida «Neft-gaz quduqlarni sinash» AJ xodimlari olti oydan buyon maoshini ololmay kelayotgani haqida xabar viloyat Bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilgan.

O‘rganish jarayonida «Koson neft-gaz quduqlarni sinash» AJ tomonidan xodimlarining oylik ish haqlari 2021 yil 1 sentyabrgacha to‘lab berilganligi ma'lum bo‘lgan. Biroq sentyabr oyi uchun xodimlarga oylik ish haqlari to‘lab berilmaganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, yuqoridagilarga asosan Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchiga xodimlarning to‘lanmay qolgan oylik ish haqlarini to‘lab berishi bo‘yicha yozma ko‘rsatma kiritilgan. Shuningdek, xodimlarning ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lashda Mehnat kodeksining 154-, 161-moddalari talablariga rioya qilish yuzasidan tushuntirishlar berilgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid