Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oziq-ovqat ta'minoti sohasida strategik tadqiqotlar xalqaro markazi tashkil etiladi
Prezidentning “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligida islohotlarni tadqiq qilish, strategik rejalashtirish, dasturlash hamda sohaga oid loyihalarni boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi va Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida loyihalar, shu jumladan, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish hamda strategik rejalashtirish uchun mas'ul bo‘lgan Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik tadqiqotlar xalqaro markazi tashkil etiladi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- sohani strategik rivojlantirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli rejalar hamda chora-tadbirlar ishlab chiqish;
- qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta'minoti sohasida, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni, shu jumladan investitsiya loyihalarni ishlab chiqish va shakllantirishga ko‘maklashish;
- agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat ta'minoti, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida loyihalarni, shu jumladan, investitsiya va grant loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (XMI va XHMT) kredit, grant va texnik ko‘maklashish mablag‘larini jalb qilish;
- xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi bilan uyg‘unligini ta'minlash;
- oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq qilish;
- islohot tadbirlarini tizimli tahlil qilish va sohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyasiga ta'sirini baholash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
- amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha axborot va statistik ma'lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, baholash va ularni jadallashtirish to‘g‘risida ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan takliflar, tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqish;
- oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida investitsiya siyosatini amalga oshirish, hududlar kesimida oziq-ovqat infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra markaz:
a) Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga qishloq xo‘jaligining ustuvor yo‘nalishlari sifatida global, mintaqaviy va hududiy muammolarning ilmiy yechimlarini tadqiq qilish bo‘yicha, shuningdek, qishloq xo‘jaligining agroiqtisodiy, agrobiznes, logistika, investitsiya va boshqa dolzarb mavzularini taqdim etadi;
b) Qishloq xo‘jaligi vazirligi va qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat sohasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlarni kuchaytiradi;
v) ilmiy-tadqiqot natijalari hamda loyihalarni baholash, innovatsiyalarni amaliyotga joriy qilish, innovatsion loyihalarni amalga oshirishdagi o‘z faoliyatini Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan muvofiqlikda olib boradi;
g) loyihalarda innovatsiyalarni nazarda tutish, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilar va pudratchilarni loyihalarga keng jalb qilish uchun ular orasida tegishli trening va seminarlar o‘tkazilishini doimiy ravishda ta'minlaydi.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
11:24 / 31.05.2026
O‘g‘itlar inqirozi, logistika va proteksionizm: oziq-ovqat narxlari nega oshib boryapti?
20:28 / 14.05.2026
Intensiv bog‘dorchilikka o‘tish: prezident eski bog‘larni yangilashni buyurdi
20:32 / 12.05.2026