Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda tabiiy gaz tarmog‘iga ulanishni so‘ragan bog‘chaga ikki dona suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan ballon berilishi mumkinligi aytildi
Ijtimoiy tarmoqlarda, Kitob tumani Istiqbol mahallasida joylashgan “Erkatoy panda” nodavlat bog‘chasini tabiiy gaz tarmog‘iga ulab berilishi so‘ralgan videomurojaat tarqaldi. Murojaat yuzasidan “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta'minoti filiali munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, Kitob tumanida 857 ta iste'molchi bo‘lib, ularga Shahrisabz gaz taqsimlash stansiyasidan tabiiy gaz yetkazib beriladi. Keyingi yillarda Shahrisabz shahri va tumanidagi hududlarda yangidan yangi ishlab chiqarish korxonalarining ishga tushirilayotgani hamda iste'molchi xonadonlar sonining oshishi natijasida qurilma va tabiiy gaz quvurlarida bosimi kamaygan. Bu holat Kitob tuman iste'molchilarining ta'minotida uzilishlarni keltirib chiqaryapti. Shu sababli tumanda iste'molchilarni gazlashtirish ishlari vaqtincha to‘xtab turibdi.
Qayd etilishicha, gaz so‘rab murojaat qilayotganlarni tabiiy gaz tarmog‘iga ulash uchun hududda yangi gaz taqsimlash stansiyasi qurishni taqozo etadi. Shu maqsadda Kitob tumani hokimligi va “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta'minoti filiali tomonidan tuman tabiiy gaz iste'molchilari uchun alohida gaz quvuri tortish, yangi gaz taqsimlash stansiyasini qurish to‘g‘risida yuqori tashkilotlarga taklif berilgan.
«Aytib o‘tamiz, alohida gaz taqsimlash stansiyasi qurilib, foydalanishga topshirilgandan so‘ng “Erkatoy panda” nodavlat bog‘chasiga shuningdek, tumandagi boshqa korxona va muassasalar hamda aholi xonadonlarini ham tabiiy gaz bilan ta'minlash imkoniyati yaratiladi. Shundan kelib chiqib, “Erkatoy panda” xususiy bog‘chasining gaz loyiha hujjatlari taqdim etilganda “Kitobtumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan choy va issiq ovqat tayyorlash uchun ikki dona suyultirilgan maishiy gaz balloni yetkazib berishi mumkinligini bildiramiz», deyiladi munosabatda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
08:29 / 26.05.2026