Energetika vazirligi 27 may kuni bölib ötgan hamda tizimda amalga oşirilayotgan işlar samaradorligiga bağişlangan jamoatçilik eşituvida 2021 yilda iste'molçilarga yetkazib beriladigan gaz, elektr energiyasi, kömir miqdori haqida ma'lumot berdi. Vazirlik bu borada muhim raqamlarni oçiqladi.

Iste'molçilarga qança elektr energiyasi yetkazib beriladi?

Yil yakuniga qadar iste'molçilarga elektr energetika sohasida generatsiya quvvatlari hajmi 14 ming megavattdan 15 ming 800 megavattgaça yetkaziladi yoki 1 ming 800 megavattga oşiriladi. 2016 yilga nisbatan esa 52 foizga köp generatsiya quvvatlariga ega bölinadi.

Toşkent viloyatida quvvati 240 megavatt bölgan issiqlik elektr stansiyasi, Xorazm viloyatida 174 megavatt quvvatli gaz-porşenli elektr stansiyasi, Navoiy viloyatida 100 megavatt quvvatli quyoş elektr stansiyasi oktyabr oyida işga tuşiriladi (jami 514 megavatt).

Dekabr oyida Toşkent viloyatida umumiy quvvati 470 megavatt bölgan 2 ta issiqlik elektr stansiyasi, Buxoroda 270 megavatt va Qaşqadaryoda 220 megavattli rostlovçi stansiyalar hamda Samarqand viloyatida 100 megavatt quvvatli quyoş elektr stansiyasi foydalanişga topşiriladi (jami 1060 megavatt).

Yangi barpo etilgan quvvatlarda kuz-qiş mavsumida 4 milliard 600 million kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariladi (yillik işlab çiqariş quvvati 12 milliard kilovatt-soat).

Jami 26 ming kilometr past kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlari va 9 mingdan ortiq transformator punktlari grafik asosida mukammal ta'mirlanadi.

Ma'lumot uçun, ötgan mavsumga nisbatan 3 ming kilometr tarmoqlar va 1268 ta transformator punktlari köproq ta'mirlanadi.

Bundan taşqari, past va örta kuçlanişli tarmoqlarni modernizatsiya qiliş dasturi doirasida 15 ming kilometr elektr uzatiş tarmoği va 4 mingta transformator punktlari rekonstruksiya qilinadi va yangilanadi.

Uşbu çora-tadbirlarning amalga oşirilişi evaziga oktyabr-mart oylarida iste'molçilarga jami 30 milliard 800 million kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib beriladi. Bu ötgan yilgi mavsumga nisbatan 2 milliard kilovatt-soatga yoki 7 foizga köp elektr energiyasi yetkazib beriladi.

Aholi tabiiy gaz bilan qay tarzda ta'minlanadi: qança miqdorda gaz, suyultirilgan gaz va kömir yetkazib beriladi?