Jamiyat | 12:29 / 27.10.2021
1032
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda qurilish uskunalarini o‘g‘irlagan samarqandlik shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qarshi shahrida qurilish uskunalarini o‘g‘irlagan Samarqand shahrida yashovchi shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 12 oktyabr kuni Samarqand shahrida yashovchi B.Z. Qarshi shahri «Aral» MFYda yashovchi R.S.ga tegishli shaharning «Nuriston» MFYda joylashgan klinika hovlisiga yashirincha kirgan. So‘ng u yerdan 1 dona prefarator, 1 dona drel, 1 dona kichik stanok moslamasi va plastmassa payvandlagich jihozlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan B.Z.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid