Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarga agent sifatida davlat xizmatini ko‘rsatishi taqiqlanadigan xizmatlar soni 36taga oshiriladi
“Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.
Loyiha bilan agent sifatida davlat xizmatlarini ko‘rsatish huquqi faqatgina yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'yektlari (xodimi)ga taklif etilmoqda.
Nodavlat ta'lim muassasalari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi agentlarni o‘qitish sifati qoniqarsiz darajada yo‘lga qo‘yilganligi sababli, yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'yektlari (xodimi)ni o‘qitish ishlari malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markaziga yuklash tavsiya etilmoqda.
Huquqni qo‘llash amaliyotida sertifikat o‘zi nazorat olib borayotgan vakolatli davlat organi tomonidan berilayotganligini inobatga olib ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlar turlari aniq belgilangan sertifikatni berish vakolati o‘quv markazlardan olinib Davlat xizmatlari agentligiga yuklatilmoqda.
Tadbirkorlik sub'yektlari (xodimi) tomonidan agent sifatida ishtirok etish uchun uning layoqati va bilimini tekshirish maqsadida malaka imtihonini ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga asosan tashkil etish va o‘tkazish Adliya vazirligiga yuklatilmoqda.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati elektron raqamli imzoni ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 2 yil bo‘lganligi hamda ushbu muddat oralig‘ida davlat xizmatlari sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan yangi talablar to‘g‘risida ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida sertifikatning amal qilish muddati 2 yil etib belgilanmoqda;
Hozirgi vaqtda 13 ta turdagi davlat xizmatlari tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan agent sifatida ko‘rsatilishi taqiqlangan. Biroq, davlat xizmatlarining ayrim turlari bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiyaviy xavf-xatarlar kelib chiqishni oldini olish maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor (xodimi)larga agent sifatida davlat xizmatini ko‘rsatishi taqiqlanadigan xizmatlar soni 36 taga oshirilmoqda.
Shahar (tuman) markazlaridan uzoq hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun tegishli shart-sharoitni yaratish hamda ushbu sohada insofli yakka tadbirkorlik sub'yektlarning ishtirokini ta'minlash maqsadida talabgorlar uchun quyidagi qo‘shimcha talablarni belgilash tavsiya etilmoqda:
- binoning tegishli hududdagi davlat xizmatlari markazlari va filiallaridan kamida 5 km uzoq masofada joylashgan bo‘lishi;
- talabgor uchun alohida binoning yoki uning qismining mulk huquqi (ijara huquq, tekin foydalanish huquqi) asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lishi;
- insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmagani.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
18:25 / 13.01.2026