Akmal Saidovga köra, joylardagi saylov uçastkalarini qişning sovuq va qor-qirovli kunlarida ovoz beriş uçun tayyorlaş köplab muammolarni keltirib çiqarişi mumkin edi va bu fuqarolarning saylovda iştirok etiş faolligiga ham muayyan darajada salbiy ta'sir körsatardi.

«Şu ma'noda, bu galgi prezident saylovi oktabr oyida ötkazilgani bunday muammolarga oson yeçim topiş imkoniyatini yaratdi», – deyiladi parlament quyi palatasi rasmiy saytida e'lon qilingan maqolada.

Şuningdek, deputat öz maqolasida prezident saylovi ilk marotaba 2019 yilda qabul qilingan Saylov kodeksi jiddiy sinovdan muvaffaqiyatli ötganini ta'kidlagan hamda uşbu saylovlarning 16 ta öziga xos xususiyatlarini sanab ötgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 2021 yil 8 fevral kuni imzolangan «Saylov qonunçiligi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun bilan prezidentlikka, parlamentga, mahalliy kengaşlarga saylov tegişinça ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktabr oyi uçinçi ön kunligining birinçi yakşanbasida ötkaziladigan böldi. Bungaça saylovlar dekabr oyida ötkazilar edi.

Keyinroq, Markaziy saylov komissiyasi kotibiyat rahbari Xudoyor Mamatov prezident, parlament va mahalliy kengaşlarning saylov sanasi oktabr oyiga köçirilişi fuqarolardan kelgan takliflar asosida bölganini bildirgan.

«Bu borada xalqaro tajribalar ham örganildi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan qonunning konsepsiya variantida saylovlarni mart oyiga köçiriş haqidagi taklif ham bor edi. Fuqarolar bilan ötkazilgan seminar tadbirlarimizda ham, ommaviy axborot vositalari orqali olgan takliflarimizda ham mart, may, avgust va sentabr oylari bor edi. Lekin fuqarolardan kelgan takliflarda saylovlarni oktabr oyida ötkaziş böyiça eng köp – 70 foizdan ortiq takliflar yuborilgani uçun şu oyga özgartirildi.

Ob-havo bilan boğliq masala kiçkina bir omil bölişi mumkin. Asosiy omil – Özbekiston saylovçilarining xohiş-irodasi, qolganlari ikkilamçi», – degan edi Xudoyor Mamatov.