Prezident Şavkat Mirziyoyev 2021 yil 8 fevral kuni «Saylov qonunçiligi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi 670-sonli qonunni imzoladi.

Qonun bilan kiritilayotgan özgartişlarga köra, prezidentlikka, parlamentga, mahalliy kengaşlarga saylov tegişinça ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi uçinçi ön kunligining birinçi yakşanbasida ötkaziladigan böldi. Bungaça saylovlar dekabr oyida ötkazilar edi.

Saylov qonunçiligiga quyidagi bir qator özgartirişlar kiritilyapti:

  • milliy ekspertlar tavsiyalari asosida işlab çiqilgan takliflari asosida xalq deputatlari tuman (şahar) Kengaşlariga saylov ötkazuvçi okrug saylov komissiyalari instituti tugatilmoqda va ularning vakolatlari tuman (şahar) saylov komissiyalari zimmasiga yuklanmoqda;
  • xorijda istiqomat qilayotgan Özbekiston fuqarolarini diplomatik vakolatxonalarning konsullik hisobida bölişi yoki bölmasligidan qat'i nazar saylovçilar röyxatiga kiritiş tartibi, çet davlatlarda saylovçilar yaşayotgan yoki işlayotgan joyida köçma qutilarda ovoz berişning huquqiy asoslari yaratilmoqda;
  • qamoqda saqlaş va ozodlikdan mahrum etiş joylarida, harbiy qismlarda taşkil etilgan saylov uçastkalarini kuzatuvçilar öz taşrifi haqida kamida 3 kun oldin xabardor qiliş tartibi belgilanmoqda.

Şuningdek, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Taşkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosining tavsiyalari asosida ham bir qator özgartişlar kiritilmoqda:

  • saylov komissiyalarining nomzodlarning saylovçilar bilan uçraşuvlarini taşkil etişga oid vazifasi çiqarib taşlanmoqda;
  • saylovoldi taşviqoti davrida davlat resurslaridan foydalaniş taqiqlanmoqda;
  • saylov natijalarini e'lon qiliş muddatlarining asossiz çözilişining oldini oliş maqsadida saylov komissiyalari qarorlari ustidan şikoyat muddati 10 kundan 5 kunga qadar qisqartirilmoqda;
  • siyosiy partiyalarning saylovoldi taşviqoti uçun ajratilgan mablağlardan foydalanişning şaffofligini ta'minlaş maqsadida ular tomonidan saylovdan oldin oraliq va saylovdan söng yakuniy moliyaviy hisobotlarni, şuningdek, Hisob palatasining partiyalar faoliyatini tekşiriş natijalarini e'lon qiliş tartibi joriy etilmoqda.

Eslatib ötamiz, mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan 29 yanvar kuni qabul qilingan