Iqtisodiyot | 19:17 / 28.10.2021
19172
1 daqiqa o‘qiladi

Bozorlardagi narx-navo ma'lum qilindi

Tuxum va kartoshkaning minimal-maksimal narxlari qimmatlashgan.

Davlat statistika qo‘mitasi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari minimal-maksimal narxini ma'lum qildi.

2021 yil 27 oktabr holatiga ko‘ra, suyakli mol go‘shtining 1 kilogrammi narxi 45 000 – 68 000 so‘mni tashkil qilmoqda. Shuningdek:

  • Qo‘y go‘shti (1 kg) 52 000 – 80 000 so‘m;
  • Kartoshka (1 kg) 2800 – 7000 so‘m;
  • Piyoz (1 kg) 1200 – 3500 so‘m;
  • Sabzi (1 kg) 1500 – 8000 so‘m;
  • Tuxum (10 dona) 7000 – 15 000 so‘m;
  • Guruch (1 kg) 5000 – 17 500 so‘m;
  • O‘simlik yog‘i (1 l) 14 000 – 24 000 so‘m;
  • Shakar (1 kg) 7500 – 9500 so‘m.

15 oktabr holati bilan taqqoslaganda, kartoshkaning minimal narxi 300 so‘mga, maksimal narxi 500 so‘mga, 10 dona tuxumning minimal narxi ham, maksimal narxi ham 1000 so‘mga qimmatlashgan.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров

Mavzuga oid