Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda talabani to‘nagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qarshi shahrida talabani ikki nafar shaxs to‘nab ketgan. To‘nagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha talonchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma'lum qilinishicha, Qarshi shahar IIO FMB ga Koson tumani «Chaqa» MFYda yashovchi, oliygoh talabasi H.A. ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z murojaatida 2021 yil 11 oktyabr kuni soat 11:00 larda o‘zi vaqtincha ijarada yashab kelayotgan Qarshi shahar «Cho‘lquvar» MFYdagi ko‘p qavatli uyda tanishi bilan o‘tirganida notanish shaxslar kirib kelib, unga tegishli bo‘lgan Redmi7 rusumli telefon va Acer rusumli noutbukini hamda uning talabalik guvohnomasini tortib olib ketganini bildirgan.
Holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida mazkur talonchilikni, Koson tumanida yashovchi oliygoh talabasi Yu.S. va uning qishloqdoshi Yu.M. sodir etgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026