Sport | 01:33 / 05.11.2021
9159
2 daqiqa o‘qiladi

Madiyar Saidrahimov 4 karra jahon chempioniga yutqazib, bronza medali bilan kifoyalandi

Foto: Aziz To‘xtamurodov / Boks federatsiyasi matbuot xizmati

Belgradda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida yarimfinal bahslari yakunlandi. 

-92kg vaznda o‘zbekistonlik Madiyar Saidrahimov final uchun jangda 4 marta jahon chempioni, 2 marta Olimpiada o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan kubalik tajribali bokschi Xulio Sezar La Kruzga qarshi ringga ko‘tarildi. 

Jang yakunida hakamlar kubalik sportchining 5:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etishdi. Madiyar Saidrahimov bronza medali bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.

Foto: Aziz To‘xtamurodov / Boks federatsiyasi matbuot xizmati
Foto: Aziz To‘xtamurodov / Boks federatsiyasi matbuot xizmati

U avvalgi bosqichlarda belaruslik Vladislav Smyaglikov, qozog‘istonlik Aybek Oralbay va angliyalik Lyuis Uilyams ustidan g‘alaba qozongandi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston boks jamoasi Serbiyaga 13 bokschi bilan borgandi. Lekin Hasanboy Do‘smatov, Shohjahon Abdullayev, Mirazizbek Mirzaxalilov va Shahram G‘iyosov ilk bosqichdayoq turnirni tark etdi. Odiljon Aslonov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Shahobiddin Zoirov 1/8 finalda yurishini to‘xtatdi, Nodirjon Mirzahmedov, Saidjamshid Ja'farov, Lazizbek Mullajonov va Mujibillo Tursunov chorak finaldan o‘ta olmadi.

Yarimfinalga o‘zbekistonlik bokschilardan faqat 2 nafari yetib keldi. Bungacha -60 kg vaznda Abdumalik Halokov finalga chiqib, kamida kumush medalni naqd qilgandi.

Mavzuga oid

E`lonlar