Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyadagi yirik energetika kompaniyalaridan biri bankrot bo‘lish arafasida
Energetika sektoridagi manbalar kompaniyani sotib olishi mumkin bo‘lgan salohiyatli mijozlar bilan muzokaralar olib borilayotganini aytmoqda.
Britaniyada yirikligi jihatidan yettinchi o‘rinda turuvchi Bulb energetika kompaniyasi kelasi haftada bankrot bo‘lishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Sky News xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, hukumat muammodan xabardor va muammoni hal qilish uchun favqulodda harakatlar rejasini jadallashtirishga harakat qilmoqda. Ammo vazirlar ham, Ofgem energiya regulyatori ham 1,7 million kishiga xizmat ko‘rsatuvchi Bulb bankrot bo‘lishiga tayyor.
Energetika sektoridagi manbalar kompaniyani sotib olishi mumkin bo‘lgan salohiyatli mijozlar bilan muzokaralar olib borilayotganini aytmoqda. Kompaniyani qutqarib qolish ehtimoli saqlanib turibdi, ammo qo‘shimcha moliyaviy yordamsiz noyabrni o‘tkaza olmaydi.
Buyuk Britaniyada hozirga qadar 13ta energetika kompaniyasi bankrot bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026