O‘zbekiston | 08:29 / 29.10.2021
8925
2 daqiqa o‘qiladi

Obodonlashtirish boshqarmalari xodimlariga ustama to‘lanadi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Hukumatning ayrim qarorlariga obodonlashtirish sohasidagi xodimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi tashkil etilgan tuman va shaharlarda obodonlashtirish xizmati qamrovini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

O‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagilarga kiritiladi: shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom; shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari tashkil etiladigan shahar va tumanlar ro‘yxati.

Maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limlari (bo‘linmalari) xodimlariga oylik tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning 15 foizi miqdorida ish haqiga tenglashtirilgan ustama o‘rnatiladi, ovqatlanish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida kompensatsiya va obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddatli xizmati) uchun quyidagi miqdorda har choraklik mukofot to‘lanadi.

Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari tashkil etiladigan shahar va tumanlar ro‘yxati yangi tahriri qabul qilindi. Bunday bo‘limlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumani, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov, Yangiobod tumanlarida tashkil etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid