Tramp Mark Tsukerbergni “jinoyatchi” deb atadi

Foto:facebook.com/DonaldTrump
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Facebook kompaniyasining bosh direktori Mark Tsukerbergni jinoyatchi deb atadi va uni 2020 yilgi prezident saylovlariga aralashishda aybladi.
Daily Mail nashrining yozishicha, Tramp o‘z tarafdorlariga xabar yo‘llab, unda Tsukerberg va uning raqifasi Prissilla Chan mahalliy saylov komissiyalariga 400 mln dollardan ko‘proq pul xayriya qilgani, bu esa prezident saylovlariga o‘z ta'sirini ko‘rsatganini ma'lum qilgan.
“Fikrimcha, Mark Tsukerberg 400 mln dollardan ko‘proq pul sarflab, prezident saylovlari borishini o‘zgartira olgan jinoyatchidir”, deb aytgan sobiq prezident.
Gap 2020 yil kuzida Tsukerbergning Texnologiyalar va fuqarolar hayoti markaziga (CTCL) hamda Saylovlar sohasida innovatsiyalar va tadqiqotlar markaziga (CEIR) 419,5 mln dollar xayriya qilgani haqida bormoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, CTCL va CEIR ushbu pullarni saylov uchastkalarida koronavirus tarqalishi oldini olishga mo‘ljallangan himoya qurilmalari, pochta orqali yuborilgan ovoz berish byulletenlarini qayta ishlash uchun qurilmalar va boshqa zarur vositalarni sotib olish uchun mahalliy hokimiyat idoralariga yo‘llagan.
CTCL va CEIR biror-bir partiyaga aloqador bo‘lmagan tashkilotlar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-da, The Federalist nashrida e'lon qilingan tahlil markazlar pullarni asosan demokratik partiyaga aloqador doiralarda taqsimlaganini ko‘rsatgan. Shundan keyin Respublikachilar partiyasining yuridik guruhi 9 ta shtatda xayriyalarga qarshi shikoyat arizasi topshirgan. Tsukerbergning o‘zi esa mablag‘lar qonunga zid maqsadlarda qo‘llanmaganini aytgan.
28 oktyabrda Tsukerberg Facebook kompaniyasi Meta deb qayta nomlanishini ma'lum qildi.
Tavsiya etamiz
Yirik hisob retsepti. Arteta Anchelottini qanday dog‘da qoldirdi?
Sport | 11:29 / 09.04.2025
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopildi
Jamiyat | 22:19
-
Qora dengiz sohillaridan 100 dan ortiq o‘lik delfin topildi
Jahon | 22:17
-
10 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:02
-
Toshkentda uy-joy nizosi ikki kishining o‘limi bilan tugadi
Jamiyat | 21:18
Mavzuga oid

22:38 / 30.01.2025
Meta kompaniyasi Trampga 25 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi

22:15 / 15.01.2025
Meta kompaniyasi 3,6 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatadi

12:02 / 09.01.2025
«Xavf bo‘lmay turganda erkinlikni qo‘llab-quvvatlayman, deyish oson» - Durov Tsukerbergning bayonoti haqida

22:30 / 07.01.2025