Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yirik davlatlar raqobati avj olayotgani dunyodagi vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda – Abdulaziz Komilov
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri dunyoda yangi “sovuq urush” ilk alomatlari paydo bo‘layotganini qayd etdi.
Abdulaziz Kamilovning so‘zlariga ko‘ra, voqealarga real ko‘z bilan qaralsa, buyuk davlatlarning raqobati ro‘y bermoqda. Bu raqobat esa, Markaziy Osiyo mintaqasida ham davom etyapti. U “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida shunday fikrlarni bildirgan. Bu haqda Dynamic Uzbekistan onlayn nashri xabar qildi.
“Yirik davlatlar raqobati xususida realist bo‘lib aytish mumkinki, u davom etmoqda. Hatto, tashqi siyosat borasida bir-biriga yaqin hisoblangan davlatlar o‘rtasida ham raqobat kuzatilyapti. Shunga qaramay, bu raqobat mintaqada ham bo‘lmoqda. Bunday sharoitda biz nima qilamiz, degan savol paydo bo‘ladi? Biz hozirgi siyosatimizni davom ettiramiz”, - degan Tashqi ishlar vazirligi rahbari.
Uning aytishicha, yangi “sovuq urush”ning ilk alomatlari kuzatilayotgan bir vaqtda o‘zaro raqobat avj olmoqda. Bu esa, ayni jarayon oqibatlarini chuqurlashtiradi, chunki “dunyodagi vaziyat yanada qaltis tus ola boshlaydi”.
“Bunday raqobat va musobaqa biz uchun qandaydir o‘zimiz istamagan siyosiy oqibatlarga olib kelishini istamaymiz. Qaysidir tomon sababli ikkinchi tomon qabul qila olmaydigan o‘rin egallashimizga majbur qiladigan holatga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Oson bo‘lmagan bu vazifa jiddiy diplomatik amaliyotni talab qiladi, - deya qayd etgan Komilov.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonning bu borada tajribasi bor, boisi Markaziy Osiyo o‘zining geostrategik joylashuvi bilan har doim diqqat markazida bo‘lib kelgan. “Albatta, qandaydir oqibatlar bo‘lishini hech kim istamaydi”, - degan vazir.
Komilov, shuningdek, afg‘on muammosiga ham e'tibor qaratgan va uning ilk sabablariga to‘xtalgan.
«Agar afg‘on muammosining ilk sabablari va manbalariga qaytadigan bo‘lsak, u “sovuq urush” davridagi ikki siyosiy tizimning qarama-qarshiligi oqibati bo‘ldi. Keyinchalik, voqealar boshqacha ssenariy bo‘yicha rivojlandi. Shuning uchun ham biz hozirgi tutgan pozitsiyamizni davom ettiramiz. Bizning bu borada aniq qarashlarimiz va dasturimiz bor. Biz kim bilandir ziddiyatga kirishishni istamaymiz va o‘zimizning milliy manfaatlarimizdan kelib chiqamiz”, - deb qo‘shimcha qilgan O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari.
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
12:20 / 24.10.2025