O‘zbekiston | 11:22 / 30.10.2021
5265
1 daqiqa o‘qiladi

Ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishda to‘lov miqdori kamaytiriladi 

Ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi to‘lov miqdorlari kamaytiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

"Davlat xizmatlari ko‘rsatishning infratuzilmasi takomillashtirilgani va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilganligi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan bir qator davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi to‘lov miqdorlari kamaytirildi.

Jumladan, chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida malaka sertifikatining dublikati berilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida to‘lov undirilishi belgilandi (ilgari - bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi).

Qaror 2021 yil 1 dekabrdan boshlab kuchga kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid