Pirotexnika vositalarining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi
Sirdaryo viloyati bojxona va DXX boshqarmalari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.
2021 yil 25 oktabr kuni Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri hududida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida, fuqaro S.U. boshqaruvidagi “Damas” avtomashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra umumiy qiymati 55,5 million so‘mlik 115 273 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
11:38
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
15:02 / 23.11.2024
Transchegaraviy suvlar, yashirin tunnellar hamda sim to‘siq yonidagi lokatsiya – noqonuniy qurol-yarog‘ chegaradan qanday o‘tyapti?
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
11:39 / 29.08.2024