Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamandagi aeroportda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
Hodisa oqibatida aeroport mehmonxonasi yaqinidagi o‘tkazuv-nazorat punkti vayron bo‘lgan.
Yamanning Adan shahridagi aeroportda portlash sodir bo‘ldi, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kamida 10 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.
Reuters agentligining ma'lumot berishicha, guvohlar va xavfsizlik xizmatidagi manba Adan xalqaro aeroportida portlash yuz berganini tasdiqlagan.
Taxmin qilinishicha, aeroportga kirish darvozasi yaqinida qoldirilgan avtomobilga joylangan portlovchi qurilma portlagan. Hodisa oqibatida aeroport mehmonxonasi yaqinidagi o‘tkazuv-nazorat punkti vayron bo‘lgan.
Adan aeroporti yil boshida faoliyatini tiklagandi.
Mavzuga oid
09:23 / 14.07.2026
Yaman hukumati Sano aeroportini bombardimon qildi. Husiylar Saudiyaga raketa otdi
10:40 / 01.07.2026
Monakodagi portlash bo‘yicha tergovda UXX nomi tilga olindi
09:25 / 30.06.2026
Monakodagi portlashda ukrainalik millioner jabrlandi
12:24 / 10.06.2026