Jahon | 19:13 / 31.10.2021
7391
1 daqiqa o‘qiladi

Tokioda elektrichkada sodir etilgan hujumda 15 kishi jarohat oldi

Tokioda elektrichkadagi hujum oqibatida 15 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Kiodo” axborot agentligi xabar berdi. Politsiya ushbu jinoyat bilan bog‘liq holda 20 yoshli yigitni qo‘lga olgan. U pichoq bilan qurollangan bo‘lgan, biroq qo‘lga olinishi vaqtida politsiyaga qarshilik ko‘rsatmagan.

Foto: Twitter

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, jinoyatchi vagonda tuz kislotasini sepib, uni yoqib yuborgan.

Voqea Keyo temir yo‘l liniyasida yuz bergan.

Hujum Yaponiya parlamentiga saylovlarda ovoz berish yakunlangandan keyin yuz bergan.

Internetda voqea joyidan suratlar paydo bo‘lgan. Ularda vagon eshiklari yopiq qolayotgani, odamlar esa vagonning oynasi orqali tashqariga chiqayotganini ko‘rish mumkin.

Hujum sabablari hozircha noma'lum. Taxminlarga ko‘ra, u terakt bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid