Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Fransiyaga baliq ovlash bo‘yicha “g‘irrom” talablarini bekor qilishi uchun 48 soat muhlat berdi
Fransiya 27 oktyabr kuni baliq ovlash uchun litsenziya to‘g‘risidagi bahs keskinlashgani sababli Buyuk Britaniyaga nisbatan sanksiyalar kiritishga tayyorligini bildirdi.
Buyuk Britaniya Fransiyaga baliq ovlash bo‘yicha kvota talablarini bekor qilishi uchun 48 soat muhlat berdi. Bu haqda Birlashgan Qirollik tashqi ishlar vaziri Elizabet Trass Sky News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
“Fransuzlar o‘zlarini g‘irromlarcha tutdi, bu savdo kelishuvi shartlariga mos kelmaydi. Agar savdo kelishuvi tomonlaridan birortasi g‘irromlik qilsa, unga qarshi chora ko‘rish va kompensatsiya talab qilish huquqiga egasiz. Agar fransuzlar ortga qaytmasa, xuddi shunday yo‘l tutamiz. Bu masala yaqin 48 soat ichida hal qilinishi kerak”, – dedi u.
Fransiya 27 oktyabr kuni baliq ovlash uchun litsenziya to‘g‘risidagi bahs keskinlashgani sababli Buyuk Britaniyaga nisbatan sanksiyalar kiritishga tayyorligini bildirdi.
Parij fransuz baliqchilariga Jyersi suvlarida baliq ovlash uchun ular talab qilganidan ikki marta kam ruxsatnoma berilganini ta'kidlamoqda. Agar baliq ovlash sohasida Britaniya siyosati o‘zgarmaydigan bo‘lsa, Fransiya 2 noyabrdan Londonga nisbatan sanksiya kiritish niyatida.
London sanksiyalarga nisbatan xuddi shunday javob qaytarilishiga va'da bergan.
Yevrokomissiya tomonlarni mavjud bahsni tezroq hal qilishga chaqirdi.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
20:11 / 30.06.2026