Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolar yig‘ini mahalla hududida zo‘ravonlikka moyilligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash ishlarida ishtirok etadi
Qonunchilik palatasi yalpi majlisida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.
Fuqarolar yig‘ini mahalla hududida tazyiq va zo‘ravonlik qilgan yoki qilishga moyilligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ular bilan olib boriladigan profilaktika ishlarida ishtirok etishi belgilanmoqda.
Mehnat organlari tomonidan og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, ish qidirayotgan xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, kasbga yo‘naltirish choralarini ko‘rishi loyihada o‘z aksini topyapti.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
17:40 / 25.04.2026
Samarqandda vasiy ayol qizaloqlarga zo‘ravonlik qildi
11:32 / 20.04.2026