Samarqand viloyati Toyloq tumanida yaşovçi 7 va 9 yoşli opa-singillar zöravonlikka uçradi. Onasi ularni vasiyga topşirib, özi işlaş uçun Turkiyaga ketgan. Vasiy ayol esa bolalarga jismoniy va ruhiy tazyiq ötkazgan. Kun.uz voqea tafsilotlari va jabrlangan qizlarning hozirgi ahvolini örgandi.

Ma’lum bölişiça, 2017 va 2019 yilda tuğilgan opa-singillar onasi tomonidan vasiyga bir yil avval qoldirib ketilgan. Vasiy ayol qizlarni haqoratlab, bosim ötkazgani va majburlab pol yuvdirganini özi tasvirga olgani aytilmoqda.

Qizaloqlarning qöllarida kökariş izlari aniqlangan.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi şu’ba rahbari Murod Egamovga köra, vasiylar qaramoğida qoldirilgan bolalarning ijtimoiy-ruhiy holati har çorakda örganib turiladi. Zöravonlikka uçragan bu qizaloqlarning yaşaş şaroiti ham joriy yilning birinçi çoragida örganilgan va salbiy holatlar kuzatilmagan.

“Uşbu noxuş holat 22 aprel kuni sodir bölgan. Biz bu haqda xabar topganimizdan söng içki işlar xodimlari bilan birgalikda qizaloqlarni xavfsiz joyga köçirdik. Bolalar tumanimizdagi oilaviy bolalar uyiga joylaştirildi. Ularning kattasi hududiy maktabga joylaştirildi, kiçigiga psixologik yordam körsatilyapti”, – dedi Murod Egamov.

Qizaloqlarning holati va aybdorlarga çora körilişi masalasi Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.

Psixolog Zarina Qobilovaning aytişiça, opa-singillarning kiçkinasida qörquv kuçli bölgani, köp vaqt davomida soğlom oilaviy muhitda yaşamagani sababli muloqotga kirişişi qiyin keçmoqda. Bolalar kattalarga nisbatan bunday ruhiy asoratlar ta’siridan çiqişi uçun vaqt va mehr-e’tibor kerak, deydi u.

Oilaviy bolalar uyi rahbari Sanobar Latipova xonadoniga kelgan opa-singillarni öz farzandlari qatori qabul qilib, mehr berişini bildirdi.

Toyloq tumani içki işlar bölimi tergovga qadar tekşiruv boşlagan: bolalar tan jarohatining oğirlik darajasini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.