O‘zbekiston | 16:04 / 02.11.2021
2335
2 daqiqa o‘qiladi

Nukusda "Cobalt" 57 yoshli piyodani urib ketdi. Holat yuzasidan IIV izoh berdi

Foto: Videodan kadr

Bugun #Kunmobilmuxbiri Nukusda "Cobalt" 57 yoshli piyodani urib ketgani haqida xabar bergandi. Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati izoh berdi.

Ma'lum qilinishicha, 1 noyabr kuni soat 11:30lar atrofida Nukus shahri O‘zbekiston ko‘chasi bo‘yidagi kichik asfalt yo‘lida Amudaryo tumanida yashovchi 1994 yili tug‘ilgan fuqaro B.Yu. boshqaruvida "Cobalt" rusumli avtomashinasida shu yo‘lni kesib o‘tayotgan Nukus shahrida yashovchi 1964 yili tug‘ilgan fuqaro Q.Q.ni urib yuborib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida fuqaro Q.Q. tan jarohati olib Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Bemorning holati haqida hozircha qo‘shimcha ma'lumot berilmadi. #Kunmobilmuxbiri yuborgan videoda u yo‘lda qimirlamasdan yotgani aks etgan edi.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Oldinroq mobil muxbir Nukus yo‘lida Cobalt va Gentra to‘qnashib ketgani haqida xabar bergandi. Holat haqida shu vaqtgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV izoh bermadi.

Mavzuga oid