Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijlik jurnalistlar Xitoyni Olimpiadani yoritishga to‘sqinlik qilishda aybladi
Qayd etilishicha, oxirgi yilda xorijlik jurnalistlar o‘yinlarga tayyorgarlik bilan bog‘liq obektlar va tadbirlarga bir necha marta qo‘yilmagan. Shuningdek, Xitoy Olimpiya qo‘mitasi xorijlik jurnalistlar o‘yinlarni qay tarzda yoritishi borasida bir-biriga zid ko‘rsatmalar bergan.
Xitoydagi xorijlik jurnalistlar jamiyati Xitoy hukumatini 2022 yilgi Pekin Olimpiadasiga tayyorgarlik ishlarini yoritishga xalaqit berayotganlikda aybladi.
Xitoydagi xorijlik jurnalistlar klubi (FCCC) bayonotida Xitoy Olimpiya qo‘mitasi va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan harakatlarning shaffofligi va aniqligi mavjud emasligidan xavotir bildirilgan.
Jumladan, qayd etilishicha, oxirgi yilda xorijlik jurnalistlar o‘yinlarga tayyorgarlik bilan bog‘liq obektlar va tadbirlarga bir necha marta qo‘yilmagan.
Shuningdek, Xitoy Olimpiya qo‘mitasi xorijlik jurnalistlar o‘yinlarni qay tarzda yoritishi borasida bir-biriga zid ko‘rsatmalar bergan.
Bundan tashqari, xorijlik jurnalistlar Xitoy Olimpiya qo‘mitasini bo‘lajak tadbirlar va matbuot anjumanlari haqida xabardor qilmaslik yoki oz vaqt qolganida xabar berishda hamda xitoylik jurnalistlar kiritilgan tadbirlarga ularni kiritmaslikda ayblagan.
FCCC Xitoy hukumatini qishki Olimpiada o‘yinlariga uch oy vaqt qolganini hisobga olib bu muammolarni zudlik bilan hal qilishga chaqirgan.
Mavzuga oid
10:10 / 11.07.2026
Jahonning eng kuchli yosh dasturchilari O‘zbekistonda jamlanadi
08:34 / 19.05.2026
Xorijdagi yoshlar uchun xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
10:49 / 17.05.2026