Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
2021 yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni podshohligining mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi.
Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olar ekan, elchini O‘zbekistondagi faoliyati boshlangani bilan tabriklagan hamda mas'uliyatli lavozimdagi ishiga muvaffaqiyatlar tilagan.
Suhbat chog‘ida tomonlar muntazam muloqotni davom ettirish va amaliy hamkorlikni, jumladan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar hamda Savdo, iqtisodiyot, fan va texnologiyalar, madaniyat, sport va yoshlar masalalari bo‘yicha Hukumatlararo komissiyalar majlislarini o‘tkazish orqali hamkorlikni yanada rivojlantirishga o‘zaro tayyor ekanliklarini bildirdi.
Energetika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Muloqot chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi, deyiladi TIV ma'lumotida.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026