Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent issiqlik elektr markazida investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Turkiyaning Çalik enerji kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi
Elektr energiya ishlab chiqarish sohasida zamonaviy, yuqorisamarador va energotejamkor texnologiyalarni joriy etish borasida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan xalqaro hamkorlar ishtirokida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Foto: Issiqlik elektr stansiyalari
Navbatdagi investitsion loyiha “Toshkent IEM” AJda amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, 2024 yilga qadar markazda har birining quvvati 32 MVt bo‘lgan ikkita gaz turbina qurilmasi bunyod etiladi va loyihaning bosh pudratchisi sifatida Turkiyaning Çalik enerji kompaniyasi ishtirok etadi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJda “Toshkent IEM” AJ va Çalik enerji kompaniyasi o‘rtasida qurilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
- Çalik enerji kompaniyasi O‘zbekistonda energetika sohasida olib borilayotgan katta o‘zgarishlarning guvohi sifatida biz bu yerda Navoiy va To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyalaridagi jahonda andozasi kam bo‘lgan zamonaviy bug‘-gaz qurilmalarining qurilishida ishtirok etdik, – deydi loyiha menejyeri Zohid Arichi. – Navbatdagi manzil Toshkent issiqlik elektr markazi, o‘ylaymanki loyihani yuqori uyushqoqlik bilan tashkil qilamiz va mamlakat energotizimini rivojlantirishga hissa qo‘shamiz.
Loyihaning umumiy qiymati – 109, 243 mln. AQSh dollari, shundan:
Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) mablag‘lari – 81,06 mln. AQSh dollari;
Korxonaning o‘z mablag‘lari – 15,46 mln. AQSh dollari;
O‘zbekiston Respublikasining qo‘shgan ulushi – 12,71 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida markaz tomonidan yiliga qo‘shimcha 515,6 mln. kVt.soat elektr va 690,3 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi, bunda yuqoritejamkor texnologiyalar evaziga 219 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinadi.
Atrof muhitga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar 200,5 tonnaga kamaytiriladi.
Shuningdek, ushbu energouskuna o‘zining yuqorisamaradorligi bilan ajralib turadi, uning foydali ish koeffitsiyenti 64 foizni tashkil etadi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati
Mavzuga oid
18:36 / 27.04.2024
Issiqlik elektr stansiyalaridagi davlat ulushi sotiladi
22:30 / 27.10.2023
Kuz-qish mavsumida IES tomonidan 27,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan
10:37 / 21.02.2023
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2022 yil natijalari e’lon qilindi
19:00 / 19.01.2023