Özbekistonda davlatga tegişli bölib kelgan issiqlik elektr stansiyalarini bosqiçma-bosqiç xususiylaştiriş boşlanadi.
Bu «Davlat iştirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qiliş va xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarorida közda tutilgan.
Qarorda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davaktiv va Energetika vazirligi birgalikda 2024 yilning 1 iyuliga qadar jalb etiladigan konsultant taklifi asosida «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat uluşini yoxud uning takibidagi alohida issiqlik elektr stansiyalarini xususiylaştiriş belgilangan.
Ma’lumot uçun, Özbekistonda 2024 yil 1 maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun ijtimoiy norma tizimi joriy etilgan holda, narxlarni erkinlaştiriş boşlanadi. Mamlakatda 80 foizdan köproq elektr IESlarda işlab çiqariladi, ularning bosqiçma-bosqiç xususiylaştirilişi energetika islohotining tarkibiy qismi bölişi mumkin.
Avvalroq, «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ bilan parallel ravişda yana 6 ta yirik kompaniyadagi davlat uluşlari xalqaro bozorda ommaviy savdolarga çiqarilişi xabar qilingandi.













