Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eng ko‘p iste'mol qiladigan davlatlar uchligidan o‘rin oldi
Xitoy birinchi marta O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eng ko‘p eksport qilinadigan davlatlar uchligidan o‘rin oldi. Bu haqda «Jenmin jibao» gazetasi veb-sahifasida e'lon qilingan maqolada aytildi.
Nashrda O‘zbekiston hukumati qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-texnik ishlanmalarga investitsiyalar hajmini oshirayotgani, tuproqni yaxshilash bo‘yicha jamg‘arma yaratilgani, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash imkoniyatlarini mustahkamlash yo‘lida yangi irrigatsiya-drenaj tizimi bunyod etilgani qayd etilgan. Bu chora-tadbirlar O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini yaxshilash va ularning qo‘shimcha qiymatini oshirishga xizmat qilmoqda. Hozirgi kunda gilos, qovun va anor kabi o‘zbek mevalari xalqaro bozorda mashhurdir, deb ta'kidlanadi materialda.
Maqolada bugungi kunda Toshkentga Xitoyning ko‘plab shaharlaridan havo qatnovi yo‘lga qo‘yilgani, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston yo‘nalishida xalqaro yuk tashish yo‘nalishi ochilganiga e'tibor qaratilgan.
Muallif O‘zbekistondan Xitoyga 16 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsuloti, jumladan, gilos, qovun, tarvuz, qalampir, anor, loviya, kunjut urug‘i, mayiz, quritilgan o‘rik, yong‘oq, uzum, yeryong‘oq, asal va qalampir kabi mahsulotlar eksport qilinayotgani haqida ham so‘z yuritgan.
O‘zbekiston 2021 yilning birinchi yarmida Xitoyga 37 ming 900 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilgan va uning qiymati 31 million dollardan oshgan. O‘zbekiston meva-sabzavot eksportining 6,5 foizi Xitoyga to‘g‘ri kelmoqda. Natijada, ushbu mamlakat birinchi marta O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eng ko‘p eksport qilinadigan davlatlar uchligidan o‘rin olgani ta'kidlangan.
Mavzuga oid
18:06 / 01.07.2026
Fermerni so‘kayotgan hokimlar “dux”ni qayerdan olyapti?
19:05 / 28.06.2026
“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
17:20 / 23.06.2026