Pfizer’ning koronavirusga qarshi yangi tabletkasi 89 foizlik samaradorlik ko‘rsatayotgani aytildi
Pfizer kompaniyasi rasmiy press-relizida aytilishicha, o‘tkazilgan oraliq tahlillar tabletka tashxis qo‘yilganidan so‘ng uch kun ichida iste'mol qilinsa, bemorning shifoxonaga yotish ehtimoli va COVID-19 yuqishi tufayli turli sabablarga ko‘ra o‘lish xavfini 89 foizga kamaytirar ekan.

Tadqiqotda 1200dan ziyod nafar balog‘at yoshidagi, yengil va o‘rta darajada koronavirus yuqtirgan bemorlar ishtirok etishgan. 607 kishidan iborat va preparatni qabul qilgan guruhda faqat 6 kishi shifoxonaga yotqizilgan, hech kim vafot etmagan. Platsebo berilgan 612 nafar bemorlar ichidan 41 nafarining ahvoli og‘irlashib, alaloqibatda ularning 10 nafari vafot etgan.
Kompaniya PAXLOVID deb nomlangan dorini AQShda rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjat tayyorlamoqda.
«Bugungi yangiliklar ushbu pandemiyaning vayronkor oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha global sa'y-harakatlarda o‘yin qoidalarini tubdan o‘zgartiradi. Virusga qarshi oral qabul qilinadigan preparatimiz agar ma'qullanadigan bo‘lsa, olingan natijalar bemorlarning hayotini asrab qolish, COVID-19 infeksiyasining og‘ir o‘tishini pasaytirish va shifoxonaga yotishi mumkin bo‘lgan o‘n insondan to‘qqiz nafarini qutqarib qolish mumkinligini ko‘rsatmoqda», — dedi kompaniyaning ijrochi direktori Albert Burla.

Avvalroq Britaniyada dunyoda birinchi bo‘lib COVID-19ga qarshi «Molnupiravir» dorisi ma'qullangani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Sankt-Peterburgdagi reydda 200 nafardan ortiq migrant qo‘lga olindi
Jahon | 18:19
-
Sahroi Kabirdan ko‘tarilgan ulkan chang buluti AQShga yaqinlashmoqda
Jahon | 18:15
-
Moskva markazida chechenlar odam o‘g‘irlashdi
Jahon | 18:07
Mavzuga oid

15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi

23:23 / 14.04.2025
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi

15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi

00:49 / 08.12.2024