Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov mobil telefonlarni IMEI röyxatidan ötkaziş Özbekiston obrösi uçun foydadan zarari köproq bölayotganini, xorijdan Özbekistonga keluvçining mobil telefon apparatining markasi, modeli, parametrlari yozib olinişi – erkin dunyoda yaşab yurgan şaxslarning zehniyatiga juda qattiq ta'sir qilişini ta'kidladi.

«Özbekistonga kelgan har qanday yangi şaxs, dunyoning boşqa davlatlarida deyarli uçramaydigan holatga töqnaşadi. Bu – telefon nomeri oladigan bölsa, uni IMEI röyxatidan ötkaziş zarurati. Yangi nomer olgan şaxs, 30 kun içida IMEI tizimi orqali röyxatdan ötişi kerak böladi. Buni eslatuvçi SMSlar kelaveradi. Röyxatdan ötişda telefon apparatining markasi, modeli, parametrlari yozib olinadi. Bu erkin dunyoda yaşab yurgan şaxslarning zehniyatiga, juda qattiq ta'sir qiladi.

Ya'ni «bu davlat nega mening telefonimni parametrlarigaça yozib olyapti ekan?!» deb öylanib boşlaydi. Özining telefonda gaplaşiş erkinligini, fikrlaşini, xatti-harakatini nazoratga sola boşlaydi. Ma'lum muddat, özini total nazorat ostiga olinayotgandek his qilişi ham mumkin.

IMEI’ni röyxatga oliş uçun, poçta markazlarida juda köplab çet elliklarni kördim, ularning yuzlarida norozilik, işonçsizlik hislari hukmron edi. Navbatlar juda uzun. Yarim-bir soatlab kutiş – odatiy hol. Qolaversa, IMEI’dan röyxatdan ötkaziş uçun pul ham tölaş lozim böladi. Rasmiy poçtalarda, qimmat emas – 5 dollar atrofida. Xususiy xizmat markazlarida esa 15-20 dollargaça olinar ekan», - deydi u.

Siyosatşunos bu tizim xavfsizlikka boğlanişiga javoban dunyodagi IMEI röyxatga olinmaydigan köplab davlatlarda ham xavfsizlik tizimlari juda yaxşi işlaşini qayd etib ötgan.

«Men e'tibor qaratmoqçi bölgan narsa – davlatning strategik reputatsiyasi, uzoq muddatli manfaatlari! Xavfsizlik – bu qimmatli resurs! Davlatning huquqiyligi ham, jamiyatning erkinligi ham – xavfsizlik poydevori ustigagina quriladi. Lekin erkinlik xavfsizlikka qurbon qilinganda – taraqqiyot töxtaydi, inqiroz paydo böladi. Dunyoning mutlaq aksariyat davlatlarida IMEI röyxatga olinmaydi. Lekin bu davlatlarda xavfsizlik tizimlari juda yaxşi işlaydi. Tizim, muassasalar, xodimlar özlarining işlarini bilib qilişadi. Jamiyat erkin va farovon, davlat institutlari esa ohista va qudratli salohiyatga ega», deydi u.

Şuningdek, hukumat yangi telefon apparatlarini soliqqa tortişning boşqa yölini topişi hamda xavfsizlikni bunday qöpol usulda ta'minlamasligi kerakligi aytib ötilgan.