IIV mulozimi Baxtiyor Sulaymonov fuqarolarning pasport ma'lumotlaridan noqonuniy ravişda foydalanib, ulardan mobil qurilmalarda IMEI kodlarini kiritişda foydalanganlik holati böyiça ayrim tafsilotlarni ma'lum qildi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda.
«Bu böyiça rasman 7 mingga yaqin holatlar aniqlangan. Balki, bundan ham oşar, çunki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Fuqarolarning murojaat etgani va etmagani bor. Murojaat etganlarni biz röyxatga olib, tergovga yönaltirganmiz», — deydi mulozim.
U şuningdek, uyuşgan jinoiy guruh tarkibida turli kasb vakillari mavjudligiga ham töxtalib ötdi:
«Uyuşgan jinoiy guruh tarkibida karantin zonada işlagan oddiy farroşdan tortib, mansabdor şaxsgaça bor. Kim qaysi darajada jinoyat sodir qilgani hali ma'lum emas. Tergov davom etmoqda. Yangi holatlar aniqlanib, tergovga qöşib borilmoqda. 7 ming nafarning içida fuqarolar özi murojaat qilgani bor. Uyuşgan jinoiy guruh tomonidan sodir etilgani, aniq raqamini bilmayman, lekin 5 ming nafardan ötgan. Respublika böyiça karantin zonalarini hammasida kuzatilgan bu holat. Bitta Andijondamas, Toşkent viloyati va boşqa joyda ham kuzatilgan».
Rasmiylarga köra, bunday jinoyatlar faqatgina karantin zonalarda emas, balki bojxona çegara punktlarida ham sodir etilgani aniqlangan.
Davlat bojxona qömitasi boş inspektori Baxtiyor Kabirovga köra, xuddi şunday harakatlar Andijon viloyatidagi «Döstlik» çegara postida ham uyuşgan guruh tomonidan amalga oşirilgan.
«Qömita vakillari tomonidan Qirğiziston tomonga ötib, u yerdan pasportlarni olib, 5 dollardan 20 dollargaça bölgan qiymatda sotib olib, har bitta çegaradan ötgan fuqaro nomiga mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini röyxatga olib, ötkazayotgani aniqlangan. Tegişli protsessual hujjatlar rasmiylaştirilgan. Bugungi kunda bu böyiça tergov olib borilyapti», — deya ma'lum qildi B.Kabirov
Eslatib ötamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda çet eldan kelgan fuqarolarning pasport ma'lumotlari öğirlanib, boşqa telefonlarga UzIMEI'dan röyxatdan ötkazilayotgani böyiça şikoyatlar köpaygani, Kun.uz’ga ham önlab ana şunday mazmundagi murojaatlar kelib tuşgani xabar qilingandi












