Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litvada migrantlar bilan bog‘liq vaziyat sababli favqulodda holat joriy etish taklif qilindi
Litva chegara xizmati boshlig‘i Rustamas Lyubayevasning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlari chegaraga qo‘shimcha harbiylar joylashtirishni rejalashtirmoqda.
Litva ichki ishlar vaziri Belarusdan Polsha tomon harakatlanayotgan migrantlar oqimi sababli mamlakatning chegaradosh hududlarida favqulodda holat rejimini joriy etishni taklif qildi.
«Mazkur jiddiy vaziyatni hisobga olib, IIV favqulodda holat joriy etishni taklif qiladi», — dedi u.
Litva chegara xizmati boshlig‘i Rustamas Lyubayevasning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlari chegaraga qo‘shimcha harbiylar joylashtirishni rejalashtirmoqda.
Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashchak esa chegaraga 12 ming harbiy joylashtirilgani va qo‘shinlar shay holatga keltirilganini ma'lum qildi.
«BelTA» agentligining xabariga ko‘ra, migrantlarning maqsadi Polsha emas, Germaniyaga borishdir.
Avvalroq Polsha hukumati noqonuniy migrantlar Belarus tomondan chegaraga hujum qilishga tayyorlanayotganini qayd etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:09 / 02.07.2026
Litva yadro qurolini joylashtirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilmoqchi
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
21:31 / 21.05.2026
Litva TIV rahbari NATO kuchlari Rossiyaning Kaliningraddagi harbiy bazalarini «yer bilan bitta qila olishi»ni aytdi
12:23 / 24.03.2026