Kanpur boş sanitar vraçi Nepal Singh ştatda Zika virusi avj olganini ma'lum qildi. Hindistonda ilk holat 2017 yilda Gujarotda qayd etilgan.
Çivinlar taşuvçi bölgan virus bolalardagi mikrotsefaliya holatlari va autoimmun kasallik Giyen Barre sindromi holatlari bilan boğliq. Çivinlardan taşqari virus jinsiy yöl bilan ham yuqişi mumkin.
Bu Uttar-Pradeşda Zika virusining ilk ma'lum bölgan epidemiyasidir. 23 oktyabrda Kanpurda virusni ilk yuqtiriş holati qayd etilgaç, kasallanganlar soni tobora orta boşladi. Ular orasida bir nafar homilador ayol ham bor.
Uttar-Pradeş ştati boş vaziri Yogi Adityanathning tan olişiça, infeksiya tez tarqalyapti. U mahalliy amaldorlarga sanitariya çoralarini kuçaytiriş haqida körsatma bergan. “Kasallik jiddiyligidan kelib çiqib, ehtiyotkorlikning öziga xos çoralari talab etiladi. Şuning uçun har bir bemor doimiy kuzatuv ostida bölişi kerak”, - dedi u.
Zika virusi
Flavivirus turiga oid uşbu virusni Aedes turiga mansub çivinlar taşiydi va kasallik çaqiradi. Tana harorati biroz kötarilişi, toşma, kon'yunktivit, çarçaş, boş oğriği va böğimlardagi oğriq, isitma va böğimlar şişişi kabi belgilar bilan keçadi.
Ilk marta virus 1947 yil Ugandadagi maymunlarda aniqlangan. Odamlarga ilk marta yuqiş holati esa 1954 yilda Nigeriyada qayd etilgan. Öşa vaqtdan beri Afrika, Janubi-Şarqiy Osiyo va Tinç okeani orollarida uşbu kasallik avj oliş holatlari kuzatilgan. 2015 yilning may oyida virus Braziliyaga yetib bordi va u yerda tez tarqala boşladi.
Zika virusini davolaş usullari mavjud emas. Faqatgina uni taşuvçi çivin çaqişi oldini olişga harakat qiliş mumkin. Ölim holatlari kam uçraydi va har beşinçi infeksiyalangan odamdan faqat bittasida kasallik belgilari namoyon böladi.












