Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 880 dollardan pul beriladi
Ushbu summaning yarmi farzandi bor oilalarga bank o‘tkazmasi, qolgan yarmi esa mahsulotlar sotib olish uchun kupon shaklida taqdim etiladi.
Yaponiyadagi hukmron liberal-demokratik partiya va uning koalitsion hamkori bo‘lgan "Komeyto" partiyasi aholini koronavirus pandemiyasi sharoitida qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 18 yoshdan kichik bolalarga 100 ming iyen (880 dollar) miqdorida nafaqa to‘lashga kelishib oldi.
Ushbu summaning yarmi farzandi bor oilalarga bank o‘tkazmasi, qolgan yarmi esa mahsulotlar sotib olish uchun kupon shaklida taqdim etiladi.
Hukumat ushbu nafaqani yillik daromadi 9,6 mln iyendan (85 ming dollar) oshmaydigan oilalarga berishni mo‘ljallamoqda, ammo bu masala bo‘yicha hozircha kelishib olinmagan.
Ushbu dastur hajmi 30 trln iyenni (265 mlrd dollar) tashkil etishi kutilmoqda. Hujjat noyabr oxiriga qadar ma'qullanishi rejalashtirilgan.
O‘tgan yili Yaponiya aholisi pandemiya davrida qo‘llab-quvvatlash doirasida 100 ming iyen miqdorida bir martalik yordam puli olgandi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026