Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston xavfsizlik kengashi Afg‘oniston bilan chegarada terrorchilik xavfi kuchayganini bildirdi
Tojikiston xavfsizlik kengashi kotibi Nasrullo Mahmudzodaning ta'kidlashicha, Tojikiston Afg‘onistondagi vaziyat borasida xavotirlanishi uchun asosli sabablarga ega.
Tojikiston chegarasida Afg‘oniston tomondan terrorchilik xavfi kuchaymoqda. Bu haqda Tojikiston xavfsizlik kengashi kotibi Nasrullo Mahmudzoda Dehlida bo‘lib o‘tayotgan Afg‘onistondagi xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan muloqotda ma'lum qildi.
“Afg‘on-tojik chegarasidagi vaziyat murakkabligicha qolmoqda va Afg‘oniston tomondan terrorchilik xavfi kuchaymoqda”, – dedi u.
Uning ta'kidlashicha, Tojikiston Afg‘onistondagi vaziyat borasida xavotirlanishi uchun asosli sabablarga ega.
“Mamlakatimiz Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgani holda dunyoga terrorizm, ekstremizm, giyohvandlik moddalari kontrabandasi va boshqa transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashning oldingi safida turibdi”, – dedi Mahmudzoda.
Dehlida bo‘lib o‘tayotgan Afg‘onistondagi xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan muloqotda Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026