Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Turkiy kengash Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida qatnashmoqda
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 11 noyabr kuni Istanbul shahrida boshlangan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida qatnashmoqda.
Vazirlar uchrashuvida Turkiy kengashga a'zo davlatlar rahbarlari ishtirokidagi VIII sammitdagi tashkiliy masalalar, shuningdek, davlat rahbarlari tomonidan imzolanishi kutilayotgan yakuniy hujjatlar hamda kun tartibidagi boshqa loyihalar muhokama qilinadi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li 10 noyabr kuni Abdulaziz Komilov bilan ishchi tushlik doirasida uchrashuv o‘tkazganini ma'lum qilgan. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy-madaniy hamkorlik hamda Afg‘onistondagi masalalar muhokama qilingan.

Bugun, 11 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Istanbulda o‘tkaziladigan ushbu kengashning navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi.
Prezident matbuot xizmati bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv kun tartibidan kengash doirasidagi savdo, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikatsiyalar va tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilishini xabar qilgan edi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
12:20 / 24.10.2025