Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentina besh mamlakatga 1 mln doza koronavirusga qarshi vaksinani beg‘araz asosda beradi
Argentina sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, mamlakatda 20 haftadan buyon koronavirus yuqtirish holatlari soni pasayishi qayd etilmoqda.
Argentina hukumati besh mamlakatga AstraZeneca kompaniyasining qariyb 1 mln doza koronavirusga qarshi vaksinasini beg‘araz asosda berishga qaror qildi.
«Birdamlik va qardoshlik tamoyillariga asoslanib, Argentina Mozambik (450 ming doza), Sent-Lyusiya (18 ming doza), Sent-Vinsent va Grenadina (11 ming doza), Vetnam (500 ming doza) va Dominika (2 ming doza) davlatlariga vaksinalar partiyasini taqdim etishga qaror qildi», deyiladi mamlakat prezidenti imzolagan dekretda.
Qayd etilishicha, 1 noyabr holatiga Argentina aholisining 75 foizi vaksinaning kamida bir dozasi bilan, 56,5 foizi esa to‘liq emlangani ushbu qaror qabul qilinishiga sabab bo‘lgan.
Argentina sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, mamlakatda 20 haftadan buyon koronavirus yuqtirish holatlari soni pasayishi qayd etilmoqda.
Argentina aholini emlashni davom ettirish uchun yetarlicha vaksina zaxirasiga egaligi ta'kidlangan.