4-8 noyabr kunlari Toşkent şahri va viloyati havosida çang böroni yopirilişi 150 yillik tarixda ilk bor yuz bergan ğayrioddiy hodisa böldi. Noqulay ob-havo şaroiti aholini sarosimaga soliş bilan birga, köplab insonlar salomatligiga salbiy ta'sir körsatdi.
Mazkur hodisa bir neça yillik ilmiy tadqiqotlarga asos böldi, deyiş mumkin. Gidrometeorolog Erkin Abdulahatov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida bunday çang zarralarini ilmiy örganiş Özbekistonda yaqinda boşlanganini aytib ötdi. Şu bois, hali töliq ilmiy baza, statistik ma'lumotlar yetarli emas.
Olim havoni çang qoplaş hodisasi kuzatilgan davrda hukumat yetarli çoralar körmagani, oqibatda nafaqat aholi sarosimada qolgani, balki örganilişi lozim bölgan bir neça ilmiy jihatlar ham qolib ketganini qayd etgan.

Foto: Kun.uz
«Toşkent havosini qoplagan çang tabiiy ofat darajasidagi hodisa. Hukumat bu böyiça favqulodda holat e'lon qilişi kerak edi. Bu Konstitutsiyaning 93-moddasida ham keltirilgan.
Men iqlimşunos olimman. Hozirda çang böronlarini örganyapmiz. Bizga, qança inson salomatligiga ta'sir körsatdi, neça foiz odamning allergik, bronxit, astma kasalliklari qözğaldi, degan statistik ma'lumotlar kerak.
Tabiiy ofat vaqtida favqulodda holat e'lon qilinmadi, hamma tuzilmalar teng işlamadi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi özi jim ötirdi. Umuman, bu vazirlik sayti va telegram kanali orqali uşbu jarayon yoritilganini körmadim. Bu ularning aybi. Nega deganda, vazirlik mana şunaqa çang tarqalişi yoki böron bölganda qanday çoralar köriş kerakligi böyiça öquv maşğulotlari ötkazadi. Hattoki, çanglarni purkab öşa çangda insonlarning qanday harakatlanişi böyiça taktikalarni işlab çiqqan.
Vazirlik xavf holatida nima uçun bu işlarni qilmadi? Nega aholini ogohlantirmadi, nima uçun mas'ul xizmatlarni umumlaştirib çang ötib ketguniga qadar har bir xizmatda qanaqa vaziyat yuz berayotganini nazorat qilmadi?
Agar favqulodda holat e'lon qilinganda men tadqiqotçi sifatida yangi statistikalarni yiğgan bölar edim. Çunki öşa paytda barça struktura işlardi. Tibbiyot, sanitariya epidemiologiya xizmati, ekologiya işlaydi va har kuni yangi informatsiyalar olinardi. Xuddi koronavirus pandemiyasi davridagiga öxşaş.
Ilmiy jihatdan ösişimiz uçun ham bunday örganişlar kerak edi. Lekin unday qilinmadi. Hozir «mana çang kötarildi, ketdi, böldi tamom», deyilgandek böldi. U boşqa sferalarga qanday ta'sir ötkazgani ma'lum qilinmadi», deydi olim.












