Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask yana 687 mln dollarlik Tesla aksiyalarini sotdi
Ilon Mask ushbu haftada sotgan aksiyalar soni 4,5 mln donadan ortiq bo‘lib, umumiy qiymati 5 mlrd dollarga teng.
Tesla asoschisi va bosh direktori Ilon Mask kompaniyaning navbatdagi aksiyalar paketini sotdi.
Qayd etilishicha, u 1056,03 dollardan 1104,15 dollargacha qiymatda 639 737 dona aksiya sotgan. Sotilgan aksiyalarning umumiy qiymati 687 mln dollarni tashkil etadi.
U Twitter’da foydalanuvchilar o‘rtasida o‘z aksiyalarini sotish borasida o‘tkazgan so‘rovnomadan keyin bir kunning o‘zida kompaniyaning 1,1 mlrd dollarlik aksiyalarini sotdi. Ilon Mask ushbu haftada sotgan aksiyalar soni 4,5 mln donadan ortiq bo‘lib, umumiy qiymati 5 mlrd dollarga teng.
OAVda taxmin qilinishicha, Mask kompaniya aksiyalari narxi oshishidan olgan daromaddan 15 mlrd dollarlik soliqni to‘lash uchun o‘z aksiyalarini sotmoqchi.
Ta'kidlanishicha, Mask 2016 yildan beri birinchi marta o‘z aksiyalarini sotdi.
Mavzuga oid
21:30 / 07.07.2026
SpaceX investorlarga yupqa smartfon prototipini namoyish etdi
18:28 / 24.06.2026
SpaceX aksiyalari arzonladi, Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026