Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi
Ilhomboy Xudaybergenov To‘rtko‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U 2020 yil mayidan buyon tumanga hokimlik qilib kelgan Rustam Shamuratov o‘rnini egalladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani hokimi almashdi. Bugun tumanda mahalliy kengashning navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etgan. Sessiyada Xudaybergenov Ilhomboy Tilavbayevich To‘rtko‘l tumani hokimi etib tayinlangan.
Ma’lum qilinishicha, Ilhomboy Xudaybergenov mehnat faoliyati davomida ichki ishlar organlarida, shuningdek, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan.
To‘rtko‘l tumaniga 2020 yil mayidan buyon Rustam Shamuratov hokimlik qilib kelayotgandi. Uning lavozimdan olinish sababi ma’lum qilinmagan.
Mavzuga oid
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
09:20 / 27.05.2026
Toshkentdan Qoraqalpog‘istongacha “yashil” texnikumlar tashkil etiladi
08:37 / 25.05.2026
O‘zbekistonda kripto-mayningni nazorat qilish kuchaytiriladi
20:53 / 15.05.2026