Törtköl tumanida yuk maşinasi bakining portlaşi oqibatida ikki kişi jarohat oldi, deb xabar beradi Qoraqalpoğiston Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi.

Qayd etilişiça, 21 mart kuni soat 13:50 atrofida Törtköl tumani Guliston MFY hududidagi ustaxonada MAN markali yuk avtomobilining yonilği bakini payvandlaş işlarini olib borişi oqibatida portlaş yuz bergan.

Natijada, MAN va Ford rusumli avtomobillar töliq, DAF rusumli avtomobilning orqa şinalari yonğindan zararlangan. Hodisa oqibatida 1998 yil va 1980 yil tuğilgan Törtköl tumanida yaşovçi ikki fuqaro tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan.

«Vafot etgan fuqarolar yöq. Yonğin töliq bartaraf etildi. Moddiy zarar suriştiruvlar davomida aniqlanadi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Andijondagi zapravkada avtomobil gaz balloni portlab ketişi oqibatida ikki kişi jarohat olgani töğrisida xabar berilgandi.