O‘zbekiston | 17:36 / 16.11.2021
11199
2 daqiqa o‘qiladi

«Zararni to‘lab ko‘rsin, keyin biladi mas'uliyatni» - adliya vaziri elektrdagi uzilishlar xususida

Ruslanbek Davletov tadbirkorlarga elektr yetkazib berishdagi uzilishlar uchun ta'minotchi korxonani sudga berishni tavsiya qildi.

Foto: Kun.uz

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov davlat boshqaruvi, huquqiy soha va davlat xizmatlari masalalari bo‘yicha tashkil etilgan jonli podkastda elektr energiyasidagi uzilishlar va buning tadbirkorlarga yetkazayotgan zarari xususida so‘z yuritdi.

“Bu juda dolzarb masala. Energiya ta'minoti bo‘yicha uzilishlar O‘zbekistonda bor gap. Tadbirkorlar ham aholi ham qiynalyapti. Tadbirkorlar to‘g‘risida gap ketdi. Bu yerda shartnoma bor. Shartnoma shartlari belgilangan.

Kerak bo‘lsa, shartnoma bo‘yicha sudga berib zarar undirayotgan tadbirkorlar ham bor. Chunki, uning sexi ishlayapti, ichida xomashyo qolib ketsa. Svet kelmay qo‘yganidan keyin ichidan xomashyoni chiqarib olish, bularning hammasi zarar bilan bog‘liq. Albatta, sudga berib yutayotganlar ham bor. Shuning uchun, biz huquqshunos sifatida sudga berishga chaqirib qolamiz. Shu yo‘l bilan hammasini tartibga solsa bo‘ladi. Zararni to‘lab ko‘rsin, keyin biladi mas'uliyatni. Ertaga boshqacharoq harakat qiladi.

Juda ko‘p holatlarda shunday bo‘ladi. Sudlar davlat va xo‘jalik organlarini qonunga, shartnomalarga asosan ishlashga majbur qiladigan organ. Bundan foydalanish kerak”, – deydi vazir.

Аббос Салайдинов
Tayyorlagan Аббос Салайдинов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid