Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havo harorati keskin sovishi oqibatida metan zapravkalarda cheklovlar joriy etiladi
O‘zbekistondagi avtomobillarga tabiiy gaz to‘ldirish shoxobchalari ishlash vaqtiga cheklovlar joriy etilmoqda. Energetika vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, kunning kechki va tungi vaqtlarida shoxobchalar faoliyati cheklanadi.
Xabarda cheklov oralig‘iga oydinlik kiritilmagan. Vazirlik axborot xizmati rahbari Elmira Bekmurodovaning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, har bir viloyat o‘z hududida zapravkalar ishlash vaqtini o‘zi mustaqil ravishda belgilaydi.
“Bundan maqsad birinchi navbatda tabiiy gaz yetkazib berilishi muhim hisoblangan aholi, shifoxona, maktab hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalar, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yirik stansiyalarning tabiiy gaz ta'minotida barqarorligini ta'minlashdan iborat.
Hurmatli iste'molchilar, vaqtinchalik cheklov choralari havo harorati biroz ko‘tarilgunga qadar davom etadi”, - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, “AGTKSh tez orada avvalgi tartibda ishlash rejimiga o‘tadi”.
Mavzuga oid
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
21:35 / 20.05.2026
O‘zbekiston Xitoyga 46 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazdi
18:02 / 20.05.2026
Si Putin bilan Rossiya gazi uchun shartnoma tuzishni yana rad etdi
13:18 / 15.05.2026