Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan yong‘inda fuqaroning uyi va mashinasi zararlandi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda fuqaroning uyi va mashinasi zararlangan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 17 noyabr kuni soat 03:18 larda Kitob tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga tumanning Obikanda qishlog‘idagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga yetib borib, soat 4:20 larda yong‘inni to‘liq bartaraf etgan.
Yong‘in oqibatida, yashash uyining 20 metr kvadrat ichki va tom qismi hamda darvozaxonasidagi «Matiz» mashinasi zarar ko‘rgan. Qutqaruvchilar tomonidan yashash uyining 120 metr kvadrat qismi saqlab qolingan.
Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.