Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida Damas maşinasi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 29 sentabr kuni soat 22:00larda Şahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bölimiga M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Şahrisabz tumani Xontepa mahallasi hududidan ötuvçi 1176-kilometrida Damas maşinasi yonayotgani haqida xabar kelib tuşgan.

Şundan söng soat 22:12larda voqea joyiga Şahrisabz şahar FVB 4-Yonğin qutqaruv qismidan bitta bölinma yetib borgan. Yonğin soat 22:19larda töliq öçirilgan.

Qayd etilişiça, yonğin oqibatida, Damas maşinasi töliq yonib ketgan. Hodisada heç kim jarohat olmagan va vafot etmagan. Hozirda yonğin sabablari va örganilmoqda.