Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlar tomonidan ochiladigan biznes maktablariga davlat tomonidan subsidiya ajratiladi
Prezidentning “Ta'lim maskanlarida biznesga o‘qitish va moliyaviy savodxonlikni oshirishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Savdo-sanoat palatasi tomonidan tajribali tadbirkorlarni maktab, professional ta'lim muassasalari va oliygohlarda motivatsiya darslari, master klasslar o‘tkazib borishi, biznes yuritish va tadbirkorlik bo‘yicha maktablar tashkil etgan tadbirkorlik sub'yektlariga davlat tomonidan maktablar tashkil etish amaliyoti joriy etiladi.
Biznes yuritish va tadbirkorlik bo‘yicha maktablarining asosiy vazifalari etib:
- tajribali tadbirkorlar tomonidan biznes yuritishni o‘rgatish, tadbirkorlik faoliyati turlari bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etish;
- tadbirkor faoliyatiga tegishli huquqiy me'yoriy hujjatlar tizimi, kredit olish, investitsiya jalb qilish, biznes-rejalar tayyorlash, marketing tadqiqotlari o‘tkazish, savdo bozorlarini topish va boshqalar uchun zarur hujjatlarni tayyorlashda amaliy bilim egallashiga ko‘maklashish;
- tadbirkorlik va biznes boshqaruvi oid fanlarni puxta o‘zlashtirishda asosiy biznes ko‘nikmalarini shakllantirish uchun keyslar, veb-sahifalar va boshqa o‘rgatuvchi kontent yaratilishini tashkil etish;
- yoshlar orasida moliyaviy savodxonlikni ommalashtirish va ularni mukammal o‘zlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratish, tadbirkorlik va biznesni boshqarish sohasida o‘qitishning xalqaro tan olingan dastur va darsliklari ta'limning barcha bosqichlarida joriy etilishini muvofiqlashtirish va zamonaviy biznes ta'limi ko‘nikmalarini rivojlantirish belgilanadi.
Tadbirkorlar ta'lim muassasalariga motivatsiya darslari va master klasslar o‘tkazishga jalb etilganda davlat ta'lim muassasalarining ushbu jarayon bilan bog‘liq xarajatlari budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan Biznes yuritish va tadbirkorlik bo‘yicha maktablarni tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash uchun ushbu maktablarni tashkil etish uchun budjet mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratiladi.
Mavzuga oid
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026