Mennonitlar oilasi milliy kiyimlarda (rekonstruksiya)

Mennonitlar kimlar?

Bu nom Niderlandiyada yaşagan nasroniy rohib Menno Simons (1496-1561) bilan boğliq. U anabaptistlar harakati asosçisi va yetakçisi bölib, an’anaviy nasroniylikdan farq qiluvçi yangi ğoyalarni tarğib qilgan. Uning muridlari mennonitlar deb nomlangan.

Mennonitlar ma’naviy qadriyatlarga qattiq amal qilişgan, yopiq jamoa sifatida, boşqalardan ajralib yaşaşgan. Ular mehnat intizomiga oğişmasdan rioya etişgan, asosan dehqonçilik bilan şuğullanib, jamoa manfaati uçun zarur bölgan işlarda beğaraz mehnat qilişgan. Qölga qurol olişdan, harbiy xizmatni ötaşdan va davlat işida işlaşdan böyin tovlaşgan.

An’anaviy çerkov Menno va uning ğoyalarini tan olmagan. Mennonitlar bid’atçi va xurofotçi deb e’lon qilinib, quvğin va qatl etilgan. Oqibatda ularning köpçiligi Şimoliy Germaniya va Prussiyaga qoçgan.

Mennonitlar Markaziy Osiyoda

XVIII asrda nemis va holland mennonitlar Yekaterina II taklifi bilan Rossiyaga köçib ötişadi. Imperator ayol ularga köplab imtiyozlarni beradi, jumladan harbiy xizmatdan ozod etadi. Ammo Aleksandr II (1855-1881) taxtga ötirgaç, mennonitlarga berilgan imtiyozlar bekor qilinadi. Şundan söng ular Amerika va Markaziy Osiyoga yöl olişadi.

1880 yilda Turkiston general-gubernatori fon Kaufman mennonit millatdoşlarini Toşkentga çaqiradi. Natijada ularning 71 oiladan iborat jamoasi köçib keladi. Ammo oradan bir yil ötgaç, Turkistonda ham majburiy harbiy xizmat joriy etiladi. Mennonitlar esa Toşkentni tark etib, Buxoro amirligiga yöl olişadi. Samarqand yaqinidagi Zirabuloq qişloğida qönim topişadi.

Amir Muzaffar dastlab mennonitlarni öz fuqaroligiga olişga rozilik beradi. Ammo ularning soni köpligi va hayot tarzi özgaça ekanini körgaç, xavotirlanib, fikrini özgartiradi.

«Mennonitlar tilimizni bilmaydi, yerga işlov berolmaydi, ayollarining esa yuzi oçiq, bu yerdagilarga yomon örnak böladi», deydi amir.

Şundan söng mennonitlar Xiva xonligidan yordam söraşadi. Xiva xoni Said Muhammad Rahimxon II (Feruz) ularni qabul qilişga, yer ajratişga rozilik bildiradi. Ularning oldiga faqat bitta – tönğiz boqmaslik şarti qöyiladi.