Bolaning Daun sindromi bilan tuğilişining asosiy omili onaning yoşi hisoblanadi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Tibbiy-genetik ilmiy markazi matbuot xizmati ma'lum qildi.  

Mutaxassislarning aytişiça, irqiy kelib çiqiş yoki iqtisodiy-ijtimoiy şaroitlar homilaning uşbu irsiy çetlaşiş bilan tuğilişiga ta'sir qilmaydi. Biroq hududning an'anaviy va diniy xususiyatlari ahamiyatga ega bölişi mumkin, çunki homiladorlikni tugatiş qabul qilinmagan hududda bu çetlaşişga ega bolalar soni oşib boradi. 

Ayollarda 40 yoşiga kelib Daun sindromi bilan bola tuğilişi ehtimoli 30 yoşlilarga nisbatan 9 marta yuqoriroqdir. 

Köplab davlatlarda homilador ayollarning yoşidan qat'iy nazar, ularda homilada 21-xromosoma trisomiyasini aniqlaş böyiça tuğruqqaça skrining ötkaziladi.

Bu sindromni topişning eng samarali usuli noinvaziv prenatal test, ya'ni ona qonidan ajratilgan homila DNKsining tahlili hisoblanadi. Bunday tahlilni homiladorlikning 9-haftasidayoq ötkaziş mumkin. 

Oxirgi tadqiqotlarga köra, Daun sindromiga ega odamlarning umr köriş davomiyligi tibbiyot rivojlanişi evaziga oxirgi ön yilliklarda ança uzaygan.

21 mart Xalqaro Daun sindromiga ega odamlar kuni sifatida nişonlanadi. Uşbu kasallik irsiy çetlaşiş natijasida yuzaga keladi. Bunda yana bir xromosoma paydo böladi.

Sindrom 1866 yilda birinçi bölib uni ta'riflab bergan ingliz şifokori Jon Daun şarafiga şunday nom olgan.