O‘zbekiston | 18:13 / 18.11.2021
1609
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda ko‘p qavatli uyda qulflanib qolgan 1 yoshli bola qutqarildi

Foto: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida ko‘p qavatli uyda qulflanib qolgan 1 yoshli bola qutqarilgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Shahrisabz tumani Shamaton mahallasida joylashgan qavatli uylardan birida yashovchi fuqaro 2021 yil 17 noyabr kuni soat 12:20 larda tuman FVB ga qo‘ng‘iroq orqali murojaat qilgan.

U o‘z murojaatida temir eshik qulflanib 1 yoshli farzandi uy ichkarisida qolib ketgani, xonadon ichida gaz plitasi yoniq ekani va farzandidan xavotir olayotganini aytgan.

Olingan xabardan so‘ng tuman FVB yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi zudlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yetib borgan. Xodimlar qisqa vaqt ichida xonadonga tashqi deraza orqali kirishgan va qulflanib qolgan xonadon eshigini ochib, bolajonni onasiga sog‘-salomat topshirishgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid