Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida ko‘p qavatli uyda qamalib qolgan 2 yoshli qizcha FVB xodimlari tomonidan qutqarilgan va sog‘-salomat ota-onasiga topshirilgan. Bu haqda viloyat FVB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 2 sentabr kuni soat 18:45larda viloyat FVB navbatchilik dispetcher xizmatiga Qarshi tumani Chaman mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi fuqaro 2 yoshli qizchasi uyda yolg‘iz qolib, kirish eshigi qulflanib qolgani haqida xabar berib, yordam so‘ragan.
Mazkur murojaatga ko‘ra, viloyat FVB qutqaruv otryadi aytilgan manzilga soat 18:55 larda yetib borib, qisqa vaqt ichida maxsus qurilmalar yordamida temir eshikni ochishgan. Qutqaruvchilar qarovsiz qoldirilgan qizaloqni yaqinlariga sog‘-salomat topshirgan.
Aniqlanishicha, xonadonning gaz plitasi ham yoqiq holda qarovsiz qoldirilgan. Qutqaruvchilar tomonidan gaz plitasi o‘chirilgan va xonadon sohiblariga elektr, gaz uskunalarini yoqiq holda qarovsiz qoldirmaslik borasida zarur tavsiyalar berilgan.
Qashqadaryoda qulflanib qolgan uydan 2 yoshli bola qutqarildi
Samarqandda ko‘p qavatli uyning derazasiga osilib qolgan 4 yoshli bolani odamlar qutqarishdi

















